insurez
05-03-2025 16:15

INSON QADRIN ULUG'LAGAN ELIM


Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov tegishli mutasaddilar hamrohligida, insonparvarlik va mehr-muruvvat ramzi bo‘lgan xayrli tashrifni amalga oshirib, Pastdarg‘om tumanidagi turli millat vakillaridan bo‘lgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.

Ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ramazon oyining fazilatlari, uning sabr, bag‘rikenglik va mehr-oqibat oyi ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Bu kabi ishlar jamiyatimizda millatlararo hamjihatlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Teglar
- -