insurez
29-08-2025 12:06

“INSON” - INSONGA KO‘MAKCHI!


Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-kouching xuddi shu shior ostida o‘tkazildi.

Treningda aholiga 115 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.

Ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari sahna chiqishlari orqali vizual tarzda namoyish etildi. 

Shuningdek, markaz psixologi tomonidan ruhiy barqarorlikka doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Fuqarolar savol-javoblar orqali kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Trening yuqori ruhda o‘tib, aholida ijtimoiy xizmatlar haqidagi xabardorlikni oshirishga xizmat qildi.

Bu kabi treninglar kelgusida ham rejali tarzda tashkil etilib boriladi.

Teglar
- -