insurez
16-05-2025 12:55

IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANAYOTGAN YOSHLAR


Davlatimiz rahbarining 153-sonli qarori asosida yurtimizning boshqa hududlari qatori Pastdarg‘om tumanida ham dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan bir qator yoshlarga suvli ekin maydonlaridan yerlar ajratilgan bo‘lib, bugun ushbu yerlardan unumli foydalanayotgan yosh avlod vakillari talaygina.

Yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, yaratilayotgan qulayliklar va berilayotgan keng imkoniyatlar natijasi o‘laroq, yosh avlod vakillarining bandligi taʼminlanib boryapti.

Aksariyat yoshlar o‘zlariga ajratilgan yerlarda serdaromad va isteʼmolbop ekinlarni yetishtirib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

So‘zimiz isbotini Chandir, To‘rttom, Chortut va Baxshiboyi mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlarning ekin maydonlaridan olingan fotolavhalarda ham ko‘rishingiz mumkin.

Teglar
- -