insurez
12-02-2026 09:22

ILMLI, HUNARLI VA FAOL QIZ — JAMIYAT TAYANCHI!


Tuman Madaniyat uyida Pastdarg‘om tumanidagi umumtaʼlim maktablarining Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va maktab psixologlari bilan “Odob axloq insonning eng katta bezagi”, "Ilm, tarbiya, shaʼn(erta nikoh, erta tug‘ruq" mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda qizlarning odobi, tarbiyasi va bilimi hayotdagi eng muhim qadamlardan biri hisoblanishi hamda qizlarning o‘zini tutishi orqali oila tarbiyasi, jamiyat madaniyati namoyon bo‘lishi xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yig‘ilishda qizlarning shaʼnini himoya qilish, shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi, sharq ayollariga xos jihatlar, ilmli, hunarli insonning hayotdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni anglash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ham fikr almashilib, islom dinining asl mohiyati, radikal kayfiyatdagi shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan maʼlumot olish, almashish, yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishini oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Teglar
- -