insurez
15-11-2025 18:14

ILM MFYNING YANGI MAʼMURIY BINOSI ENDI XALQ XIZMATIDA


Ilm mahallasining maʼmuriy binosi bo‘lmagani bois, "mahalla yettiligi" shu vaqtga qadar ijarada turib faoliyat yuritib kelgan.

Bugun esa, mahalla raisining tashabbusi, faollarning mehnati, aholi birdamligi va saxovatpesha insonlar ko‘magida mazkur mahalla uchun yangi, zamonaviy maʼmuriy bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Quvonchli bayramga aylanib ketgan tantanali ochilish marosimiga tuman rahbarlari, tegishli tashkilotlar masʼullari ham mahalla faollari tomonidan taklif etildi.

Yangi bunyod etilgan ikki qavatli binoning birinchi qavatida “yettilik” aʼzolari uchun yetarlicha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, bundan hudud aholisi ham benihoya mamnun.

Ikkinchi qavati esa, mahalla maʼmuriyati bilan kelishilgan holda, xotin-qizlar hamda yoshlar hunar o‘rganishiga va taʼlim olishiga mo‘ljallangan o‘quv markaziga moslashtirilishi rejalashtirilgan.

Mahalla ahli tomonidan juda shinam va chiroyli ko‘rinishda barpo etilgan, har bir xonasi zamonaviy mebellar bilan jihozlangan mahalla binosi endi xalq xizmatida.

Teglar
- -