insurez
06-11-2025 10:04

IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI QISHGA TAYYOR(MI?)


Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mutasaddilar hamrohligida davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, ularning faoliyati va issiqlik tizimini ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, o‘rganishlar 1-, 6-, 7- va 50-DMTTlarda davom etib, xonalar harorati, sanitariya holati, oziq-ovqat xavfsizligi, tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shu qatorda, mazkur bog‘chalarning muammo va takliflari ham o‘rganilib, ularning ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, tuman Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi uchun tashabbusli byudjet loyihasi asosida qurilayotgan yangi bino loyihasi va qurilish jarayoni bilan tanishilib, bunyodkorlik ishlarini o‘z vaqtida sifatli holatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -