Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va obodonlashtirish — kun tartibidagi asosiy masalalar
Tuman hokimi J.Pardayev, prokuror, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari, korxona va tashkilotlar vakillari, faollar ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
"Mahalla yettiliklari" ham zoom platformasi orqali qatnashgan muhokamada, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘z yuritilib, ushbu bo‘yicha barcha yana bir bor sergaklikka chaqirildi.
Bundan tashqari, "og'ir toifadagi" yoshlar bilan ishlash, ular bilan doimiy aloqada bo'lish, bandligiga ko'maklashish, muammo va takliflarini o‘rganish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi vazifalar belgilandi.




