insurez
05-02-2025 12:23

ICHKI YO‘LLAR OBOD BO'LMOQDA


Tumanimizda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish borasida bir qator ishlar olib borilyapti.

Jumladan, ichki yo‘llar birma-bir taʼmirlanib, ravon holga keltirilmoqda.

Bunda, hamjihat tumandoshlarimiz birdamlikda qilayotgan xayrli ishlarning o‘rni katta.

Ayni kunlarda ham, Paxtakor mahallasidagi ichki ko'chalarning 6 kilometr masofasida hashar yo‘li orqali shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilayotgan bo'lib, hozirga qadar uning 3 kilometr qismida ishlar yakunlandi.

Shuningdek, ushbu shag‘allashtirish ishlarida mahalla ahli bilan birgalikda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli transport vositalari xizmat qilyapti.

Teglar
- -