"IBRATLI OILALAR" EʼTIROF ETILDI!
Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar ichida oila institutini mustahkamlash, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirish va ularni rag‘batlantirish – davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida ko‘rilmoqda.
Chunki oila – jamiyatning birinchi va eng taʼsirli tarbiya maskani, insonning ilk maktabi, xalqning maʼnaviy kuchini shakllantiruvchi muqaddas dargohdir.
Pastdarg‘om tumani Madaniyat uyida tumanimizdagi fidokor, mehnatkash, ahil va namunali, ibratli oilalarni eʼtirof etish, ularni munosib taqdirlash orqali jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni yana-da mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan 9 ta oila "Ibratli oila" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida samimiy fikrlar bildirdi.
Bu kabi tadbirlar yurtimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni mehr-oqibat, hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.