insurez
26-06-2025 16:18

HURMATLI PASTDARG‘OMLIKLAR VA TUMANIMIZ MEHMONLARI!


Hozirda sportning futbol turi bo‘yicha 2025-yil Samarqand viloyati "Ikkinchi liga" birinchiligi o‘yinlari o‘tkazilayotgani xususida xabar qilgan edik.

27-iyun kuni soat 17:30 da bo‘lib o‘tadigan musobaqaning 10-tur o‘yinlari doirasida, tumanimizning “Turon” jamoasi navbatdagi raqibi bo‘lgan Jomboy tumanining «Jomboy omadi» jamoasiga qarshi maydonga tushib, g‘oliblik uchun to‘p suradi.

Barcha pastdarg‘omliklarni tumanimiz jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun, qizg‘in va murosasiz o‘tadigan bellashuvni tomosha qilishga taklif etamiz.

Manzil: Charxin qo‘rg‘onida joylashgan “Dinamo” o‘yingohi

Teglar
- -