insurez
09-01-2026 11:27

Hurmatli Pastdarg‘om tumani aholisi va aziz mehmonlari!


Tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida muayyan ishlar amalga oshirildi.

  Natijada, nomusga tegish jinoyatlari 41,7 foizga, yengil tan jarohati yetkazish 8 foizga, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 0,8 foizga, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari 6 foizga, mast holda sodir qilingan jinoyatlar 15,8 foizga, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 16,7 foizga, ishsizlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 70,4 foizga kamayishiga erishilgan.

  Biroq, amalga oshirilgan profilaktik chora tadbirlarga qaramasdan tumanda oilaviy zo‘ravonlik 85,7 foizga, o‘g‘rilik38,3 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish 100 foizga, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish 16,1 foizga, bosqinchilik 50 foizga bezorilik 133,3 foizga, talonchilik 50 foizga, transport vositasini olib qochish 100 foizga, firibgarlik 68,4 foizga, shuningdek, guruh tarkibida sodir qilingan jinoyatlar 75 foizga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 78,9 foizga, ayollar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 143,8 foizga oshdi.

  Tumandagi 100 ta mahallalardan 11 tasi “qizil”, 61 tasi “sariq”, 28 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.

  Bundan tashqari, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir qilingan jinoyatlar 49,6 foizga kamayishiga erishilgan bo‘lsada, biroq bu turdagi jinoyatlarni sodir etilishida yangi usullar qo‘llanilmoqda.

Shu sababli, hurmatli fuqarolar telegram, vatsap va boshqa internet tarmoqlari orqali turli ko‘rinishlarda, misol uchun taklifnoma, tabriknoma, mobil qurilma dasturi va shu kabi “.apk” formatida kelgan fayllarni zinhor ocha ko‘rmang.

Shuningdek, Sizni pullaringizni osongina ko‘paytirib berish haqidagi takliflar kelib tushganda, bilingki bu Sizni pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan tuzoqdir, zero hech kim Sizga biron bir harakatsiz pullaringizni ko‘paytirib bermaydi.

Hurmatli fuqarolar !!!

Eʼtiboringizni og‘riqli nuqtaga qaratmoqchiman.

O‘tgan davrda tumandagi 152 nafar yoshlar tomonidan 148 ta jinoyatlar sodir etildi.

Jinoyat sodir etgan 152 nafar yoshlarning 11 nafarini xotin qizlar, 2 nafarini sudlanganlar, 3 nafari ishlamaydigan va o‘qimaydiganlar, 4 nafari mast holatda, 46 nafari esa guruh tarkibida jinoyat sodir qilishgan.

Yoshlar tomonidan sodir qilingan oldini olish mumkin bo‘lgan148 ta jinoyatni turlari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, shundan 1 tasi qasddan odam o‘ldirish, 6 tasi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish,14 tasi qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, 10 tasi qasddan badanga yengil shikast yetkazish, 2 tasi o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, 3 tasi nomusga tegish, 4 tasi o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinisiy aloqa qilish, 4 tasi oilaviy zo‘ravonlik, 1 tasi tuhmat qilish, 3 tasi haqorat qilish, 1 tasi bosqinchilik, 2 tasi talonchilik, 6 tasi firibgarlik, 19 tasi o‘g‘rilik, 39 tasi yo‘l transport hodisasi, 3 tasi transport vositasini olib qochish, 18 tasi bezorilik hamda 12 tasini boshqa jinoyatlar tashkil qiladi.

 Misol uchun, 23.06.2004 yilda tug‘ilgan O.Abdurazaqov bilan yetarlicha profilaktik tadbirlar tashkillashtirilmganligi, kasbga o‘qitish yo‘li bilan bandligi taʼminlanmaganligi hamda chet tillarini o‘rgatish va boshqa shu kabi ijtimoiy profilaktika choralari ko‘rilmaganligi bois, muqaddam bezorilik jinoyatini sodir qilib, JIB Pastdarg‘om tuman sudining 26.12.2023 yildagi hukmi bilan JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan aybli deb topilgan va tegishli jazo chorasi qo‘llanilgan.

Muqaddam sudlangan o.Abdurazakov yana eʼtibordan chetda qolgan.

Natijada, u qasddan badanga yengil shikast yetkazish ijtimoiy xavfli qilmish ekanligini anglagani holda, joriy yilning 14 aprel kuni soat 21:30 da tumanning “Boltali” mahallasida joylashgan “Jasur Bar” oshxonasida fuqaro B.Maxmudov bilan kelib chiqqan janjal natijasida uni qo‘li bilan bosh sohasiga qasddan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shu sababli, har birimiz kelajagimiz hisoblangan yoshlarning tarbiyasizga, oilaviy, maʼnaviy va maʼrifiy muhitning sog‘lomligigava albatta ularning bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor berishimiz darkor.

Joriy yilning 12 oyida jami 184 (253)  ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilib, jami o‘g‘rilik jinoyatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,5 foizga kamayishiga erishildi.

Sodir qilingan o‘g‘rilik jinoyatlarini tahlil qilganimizda 27 tasi xonadon o‘g‘riligi, 4 tasi savdo shoxobchalaridan o‘g‘rilik, 17 tasi hayvon o‘g‘riligi, 8 tasi tranport vositasidan o‘g‘rilik, 8 tasi kissavurlik, 9 tasi telefon o‘g‘riligi, 2 tasi velosiped o‘g‘riligi, 81 tasi axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir qilingan o‘g‘riliklarni tashkil etadi.

Jinoyat sabablari o‘rganilganida fuqarolarning uy-joyidagi moddiy qimmatliklar, uy-jihozlari ochiq holda saqlanishi, chorva mollarini ochiq dala maydonlariga tashlab kelishini oldini olish choralari ko‘rilmaganligi, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmaganligi oqibatida ushbu jinoyatlarning sodir qilinishiga sharoit yaratilganligi aniqlandi.

Negaki, hozirda tumanimiz fuqarolari o‘zining mol-mulklarini yaʼni, uy-hayvonlarini qarovsiz qoldirishi oqibatida o‘g‘rilik jinoyati ham ko‘payib bormoqda.

Shu sababli, Siz tumanimiz aholisidan yashash joylaringizni Qo‘riqlash xizmatiga texnik qo‘riqlovga topshirish, videokuzatuv vositalari o‘rnatish hamda uy-hayvonlaringizni dalalarda qarovsiz qoldirmasliklaringizni so‘rayman.

Aziz hamtumanlar, tuman hududida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishda olib borilayotgan profilaktik ishlarga beeʼtibor bo‘lmang, ushbu tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordamingizni ayamang, qonunlarga rioya qiling.

Teglar
- -