Hurmatli Pastdarg‘om tumani aholisi va aziz mehmonlari!
Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va uni barqarorlashtirish tumanimizni jinoyatdan holi hududga aylantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruv murojaatini” yo‘llamoqdaman.
Ushbu murojaatimdan ko‘zlangan maqsad, tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni va tashrif buyurgan tumanimiz mehmonlarini, sodir etilishi mumkun bo‘lgan jinoiy xavf xatarlardan ogoh bo‘lishingizni so‘rab sergaklikka chaqiraman.
Bugungi kunda tumanimizda sodir etilishi mumkun bo‘lgan barcha turdagi jinoyatlarni oldini olish va ularga chek qo‘yish borasida qator amaliy chora tadbirlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki!
Joriy yilning 12 oyi davomida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 491 tani tashkil qilib shundan, nomusga tegish, yengil tan jaroxati yetkazish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari to‘g‘risidagi jinoyatlar esa kamayishiga erishilgan bo‘lsada, ayrim toifalarimizda jinoyat sodir etish salmog‘i oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
2025 yilning 12 oyi davomida tumanda 169 nafar (2024 yilda 116 nafar) voyaga yetmaganlar turli xil huquqbuzarlik sodir etgan. Shulardan qiz bolalar 65 nafar, o‘g‘il bolalar 104 nafarni tashkil etadi.
Joriy yilning 12 oyi davomida jami bo‘lib 97 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik xisobga olingan. Hisobot oxirida hisobda turgan voyaga yetmaganlar 100 nafarni tashkil etadi. Farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi ota-onalardan 67 nafar shaxs profilaktik hisobga olingan. Hisobot oxirida turgan ota-onalar 56 nafarni tashkil etadi.
voyaga yetmaganlar tomonidan 2025 yil 12 oyi davomida 34 ta jinoyat, (2024 yil 12 oyida 19 ta) 31 nafari voyaga yetmagan tomonidan sodir etilgan.
Shuningdek, 2025 yil 12 oyi davomida tuman hududida yoshlar tomonidan jami 148 ta jinoyat yoshlar tomonidan sodir
etilgan bo‘lsa 2024 yilning shu davrida 143 ta jinoyat yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Hurmatli ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillari bu borada voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yana-da oshirish;
yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, «Besh tashabbus olimpiadasi»ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilishda Siz, aziz farzandlaringizga to‘g‘ri yo‘nalishlarni tashkil etishligingizni so‘rayman.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari xotin–qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham bir qator chora –tadbirlar belgilab kelinmoqda, shuningdek, 623 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar himoya orderlari berildi.
Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami 29 nafar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 03 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qaroriga asosan tumanimizda jinoyatchilikni oldini olishga va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida:
Tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan jami 869 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish va xonadon, hamda ob‘ektlar texnik qo‘riqlovga olingan bo‘lib, shundan; 585 tasi texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riqlovga olingan. Shuningdek 284 tasi fuqarlarning xonadonlari va 51 tasi jismoniy ob‘ektlarni tashkil etadi. Yil yakuniga qadar qo‘riqlanayotgan ob‘ektlar sonini 30 foizdan oshirilib, berilgan reja taqsimotga erishish choralari ko‘rildi. Bu borada tumanimizning mahallalarida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari 41 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha”, 60 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi. Shuningdek 24 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga chaqirish (SOS) tugmalari o‘rnatilib aholining xavfsizligi uchun tezkor chaqiruvlari ta‘minlandi.
-100 ta mahallalarning 28 tasida jinoyatlar kamaydi;
-25 tasida 25 foizida umuman jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
-11 ta mahallalar qizil toifaga kiritildi jumladan “Furqat”, “Eski juma”, “M.Ulug‘bek”, “Gumbaz”, “Amir Temur”, “Nayman”, “Guzalkent”, “To‘qboy”, “Samarqand”, “Temirxo‘ja”, “” “Oltiqaxramon”. ushbu mahallarda qayta jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida ma‘sul raxbarlar biriktirilgan bo‘lib, ularning ko‘rsatgan amaliy yordamlari va zarur chora tadbirlari kamchilikka yo‘l qo‘yilganligi holatlariga baho berish yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Shuningdek mazkur mahallalarda jinoyatdan holi hududga aylantirish mexanizmi, chora-tadbirlari yo‘lga qo‘yildi.
Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 12 745 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, 9 125 nafari (71,5 foizi) ning muammolari hal etildi.
Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 12 745 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, 9 125 nafari (71,5 foizi)ning muammolari hal etildi.
473 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanishga yotqizildi.
Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lib kelayotgan Kiber jinoyatlarning ortib borayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar 126 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 49,6 foizga ya‘ni 124 taga kamaygan bo‘lsada, aslida 126 ta raqam ham 126 nafar fuqaroning murojaati uning umid natijasi deganidir. Bu borada tuman miqyosida keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot harakatlari olib borilmoqda, ammo ko‘plab fuqarolarning mulkiga tajovuz qilish holatlari kuzatilmoqda. Siz aziz fuqarolarimizdan plastik karta raqamlaringizni hech kimga aytmasligingizni, o‘zingizdan boshqa o‘zga shaxslarga bu borada ishonmasliklaringizni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali o‘zingiz tanimagan bilmagan shaxslarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasligingizni, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli xil telegram botlarga aʼzo bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman!
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !




