"HUQUQ-TARTIBOT" MASKANLARIDAGI QURILISH KO‘ZDAN KECHIRILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Pastdarg‘om tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, navbati bilan barcha mahallalarda "Xavfsiz yo‘lak" dasturi asosida to‘siqsiz yo‘laklar bunyod etilyapti, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida aholi gavjum joylarga va asosiy kirib-chiqish hududlariga maxsus zamonaviy kameralar o‘rnatilyapti.
Shuningdek, tumanimizdagi Qatorterak va Go‘zalkent mahallalarida "Huquq-tartibot" maskanlari barpo etilyapti.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i hamrohligida mazkur maskanlar binolaridagi qurilish jarayoni va mahallalar bo‘ylab aholi kayfiyati, yashash sharoitlari, olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘chat ekish kabi bahorgi ishlarning bajarilish holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
Dastlab, Qatorterak mahallasida "Yashil makon" va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturlari hamda jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni shakllantirish borasida bajarilayotgan ishlar, tomorqalar holati bilan tanishdi.
Shu kabi, pudratchi quruvchiga bunyodkorlik ishlarini belgilangan muddatda sifatli holatda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lsa, tegishli mutasaddilar, mahalla masʼullari va mahalliy aholi bilan bo‘lgan suhbatlarda tomorqa madaniyati, o‘z yashash hududini obod qilish, qabristonlarda hasharlar tashkil qilish, ko‘chatlar o‘tqazish, gulzorlashtirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratish, nizoli oilalar bilan ishlash va jinoyatchilikni oldini olish kabi masalalari xususida so‘z yuritildi.
Xuddi shu kabi o‘rganishlar Go‘zalkent mahallasida ham davom olib borildi.