HUDUDLARDA XAVFSIZ MUHITNI SHAKLLANTIRISH BORASIDA...
Pastdarg‘om tumanida PQ1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, hududlarda aholi uchun xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida ustuvor vazifalar belgilab olingan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Bu kabi ishlarga aholi vakillari ham befarq bo‘lmagan holda, o‘zaro hamjihatlikda hasharlar tashkil qilib bir qator bunyodkorlik ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, so‘ngi bir oyning o‘zida Katta Nayman, Beshbola, Iskandari, Nayman, Oq mag‘it, Xonchorbog‘, Elbek, Zormon, Sinchi, Mirzo Ulug‘bek, Po‘latchi kabi 10 dan ortiq mahallalarda faol va tashabbuskor fuqarolar tomonidan piyodalar yo‘lakchalarini bunyod etish ishlari boshlangan va Hozirga qadar 10 kilometrga yaqin masofadagi "to‘siqsiz yo‘laklar" qurilgan bo‘lib, ushbu raqamlar yana-da ortib borayotir.
Shuningdek, ushbu qisqa vaqt ichida tumanimizdagi mahallalarda jami, 410 dona tungi yoritgichlar va 100 donadan ortiq kameralar o‘rnatildi.
Tuman hokimligi tashabbusi, aholi hamjihatligi va homiylar ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar harakat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirishga xizmat qilayotgan bo‘lib, navbati bilan boshqa mahallalarda ham amalga oshirilmoqda.