HUDUDLARDA QISHLOQ XO‘JALIGIGA DOIR UCHRASHUVLAR
Pastdarg‘om tumanidagi jami 28 ta MMTPlarda 304 ta paxta va g‘alla yetishtirishga moslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyat olib boradi.
Shu kunlarda yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramasdan tumanimizdagi mirishkor dehqonlar, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari va fermerlar ekin maydonlarida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Tuman hokimi o‘rinbosari B.Yaqubov hududlar bo‘ylab barcha MMTPlar kesimida o‘rganishlar olib bordi va fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bunda, chigit ekiladigan maydonlarni munosib tayyorlash, texnikalar shayligi, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar zaxiralari, dala cheti madaniyati, "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chatlar o‘tqazish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek soliq to‘lovlari, suv tejamkorligi, ariqlarni betonlashtirish kabi qishloq xo‘jaligiga doir bir qator muhim masalalar xususida so‘z yuritildi.