HUDUDLAR OBODLIGIGA BARCHAMIZ MA'SULMIZ
Erta tongdan odatga ko'ra tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli masʼullar hamrohligida hududlarda o'rganish olib bormoqda.
Ayni paytda o'rganishlar Samarqand shahri chegarasidan, Kattaqo‘rg‘on tumanigacha bo'lgan hududda olib borilayotgan bo'lib, kun davomida tuman bo'ylab davom etadi.
Bunda, ushbu hududlarda tashkil etilgan hasharlar, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, binolar fasad qismini taʼmirlash va atrofni tartibga keltirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilish barobarida, har bir obyektda va hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilanmoqda.
Shu o'rinda barcha tadbirkorlik subyektlari, masʼullar, faollar va fuqarolardan yo'llar atrofining obodonchiligi, ko'kalamzorligi, binolar atrofini tartibga keltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishlarini so'rab qolamiz.
Zero, o'z yashash hududimizni obod qilishga barchamiz mas'ulmiz.