#HOZIR
Pastdarg‘om tumanida joriy yil hosili uchun 17 936 gektar maydonda g‘alla parvarishlanayotgan bo‘lsa, 13 095 gektar maydonga paxta ekish reja qilingan.
Ayni paytda, qishloq xo‘jaligi sohasida ish qizg‘in tus olgan bo‘lib, ariqlarni qazish, g‘allaga o‘g‘it sepish, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish ishlari shular jumlasidandir.
Bugun, kunning birinchi qismida tuman hokimi Sh.Rahmonov sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi masʼullari hamda fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida Xonchorbog‘, Bobur, Gumbaz, Ilm hamda Sharof Rashidov 1 nomli MMTPda bo‘lib, ushbu hududlardagi fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi texnikalarining shayligi, g‘allani oziqlantirish, paxtani belgilangan tartibda ekish, dala cheti madaniyati, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish, ko‘chat ekish va hududlarni obodonlashtirish, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan har bir fermer xo‘jaligi kesimida muhokama qilinmoqda.
Bugun, kunning ikkinchi yarmida tumandagi ikkinchi hamda to‘rtinchi sektor hududidagi MMTPlarda ham qishloq xo‘jaligi ishlari ko‘zdan kechirilishi hamda fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.