#Hozir
Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar hamrohligida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga kiritilgan Shombuloq mahallasida bo'lib, aholi kayfiyati, yashash sharoitlari va olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha o'rganish olib bormoqda.
O'rganishlar davomida ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni shakllantirish, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlari atrofini tartibga keltirish, dala cheti madaniyati kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazish, ichki suv yo‘llarini qazish va betonlashtirish, soliq hamda kommunal to‘lovlar borasidagi targ'ibotlar kabi masalalar ham eʼtibordan chetda qolmayapti.