HOZIR QILINGAN TO'G'RI HARAKAT - ERTANGI MO'L HOSIL GAROVI
Pastdarg‘om tumanida g‘o‘za parvarishi va agrotexnikasi bo‘yicha "dolzarb 50 kun"lik tadbirlar doirasida qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Bugun ish kuni avvali bilan tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mutasaddilar hamrohligida hududlar bo‘ylab bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Erta tongdan olib borilayotgan o'rganishlar ayni vaqtda tumanimizning olis manzillaridan bo'lgan, Chimboy hududidagi paxta maydonlarida davom etyapti.
Bunda, g'o'za parvarishi, agrotexnikasi, zararkunandalardan himoyalash choralari hamda suvdan unumli va to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Bu kabi o'rganishlar kun davomida barcha hududlar bo‘ylab davom etadi.