#Hozir
Bugun, yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Pastdarg‘om tumanida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar foydalanishga topshirilishi xususida xabar qilgan edik.
Ayni paytda Kamolot mahallasida "Samirjon go‘sht mahsulotlari" MCHJning qiymati 3,2 million dollarlik "Parrandachilik kushxonasi va muzlatgichli omborxona tashkil etish" loyihasi ishga tushirilmoqda.
Loyihaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, tegishli o‘rinbosar, mutasaddilar va faollar ishtirok etmoqda.
Tadbirda tuman hokimi Sh.Rahmonov so‘zga chiqib, barchani istiqlol bayrami bilan samimiy tabrikladi va yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi.
Mazkur loyiha doirasida 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, yiliga qiymati 13,8 milliard so‘mlik 9,2 million dona parranda so‘yilib, ichki bozorlarga yetkazib berilishi hamda axoliga sifatli xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.