#Hozir
Tumanimizda kelajak avlod taʼlim-tarbiya olishiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida, taʼlim sohasi yana-da rivojlanib borayotir.
Bolajonlar uchun qulay bo‘lgan sharoitlar va muhitni yaratib berish hamda qamrovni oshirish alohida ahamiyatga ega albatta.
Bunda, davlat xususiy sherikchiligi asosida bunyod etilayotgan bog‘chalar muhim o‘rin tutib ulgurdi.
Jaul Qosim mahallasida "Sevinch Solih bolajon" nomli yana bir mo‘jaz nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilot qad rostladi.
Bugungi shodiyonalar doirasida mazkur bog‘cha binosi foydalanishga topshirilmoqda.
Ochilish marosimida tuman hokimi, tashkilotlar rahbarlari, taʼlim sohasi masʼullari ishtirok etib, barchani yangi bog‘chaning ishga tushishi munosabati bilan muborakbod etdi.
Bu kabi zamonaviy va shinam bog‘chalarda taʼlim oladigan yosh avlod vakillari har tomonlama yetuk bo‘lib yetishishi shubhasiz.