insurez
17-01-2026 13:56

HOKIMLIK XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI


Davlat xizmatchilarining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda mehnat samaradorligini yana-da oshirish maqsadida, Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida korxona va tashkilotlar xodimlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tibbiy ko‘rik tuman hokimligi apparati va texnik xodimlar uchun tashkil etildi.

Bunda, xodimlar tumanimizning malakali tor soha mutaxassislari tomonidan barcha zarur tekshiruvlardan o‘tkazildi va har biriga individual tibbiy xulosa hamda tavsiyalar berildi.

Bu kabi tibbiy ko‘riklar tumandagi barcha mehnat jamoalari uchun o‘tkazilishi belgilangan. Zero, sog‘ tanda – sog‘lom aql!

Teglar
- -