HOKIM PROFILAKTIKA NOZIRLARI BILAN UCHRASHDI
Darhaqiqat, har bir hududda jinoyatchilikni jilovlash, jinoyatga moyil shaxslar bilan alohida ishlash va bu borada tegishli soha vakillarining masʼuliyatini yana-da oshirib borish dolzarb masala hisoblanadi.
Kuni kecha Pastdarg’om tumani hokimi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamrohligida tumanimizda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika ishlariga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, profilaktika inspektorlari hamda mahalla yettiligining tuman rahbarlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Unda, IIB xodimlari tomonidan xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, jinoyatlarni oldini olish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish xususida so‘z yuritildi.
Shu kabi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahallalarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Shuningdek, sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilish doirasida sohadagi ustuvor vazifalar, belgilangan rejalar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, tuman hokimiga profilaktika nozirlari tomonidan hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar ilgari surildi va barcha asosli masalalar inobatga olinib, ijroga qaratildi.