Hokim Pastdarg‘omdan Kattaqo‘rg‘ongacha bordi
💠 Hokim Pastdarg‘omdan Kattaqo‘rg‘ongacha bordi
Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli bilan tanishdi. Obodonlashtirish ishlari bilan tanishish tuman markazi Juma shahridan boshlanib, Nurobod hamda Kattaqo‘rg‘on tumani chegarasigacha davom etdi.
O‘rganish davomida tuman hokimi ushbu mahallalar hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘l atrofini begona o‘tlardan tozalash, yo‘l chetiga tomchilatib sug‘orish usulida ekilgan gul ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qaratish va yo‘ldagi notekisliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.