HOKIM BITIRUVCHI SINF OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirining 247-sonli buyrug‘i asosida umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbar va pedagog xodimlarining asosiy malaka tasniflari borasida yuklatilgan vazifalarining, bajarilish holati bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.
Mazkur ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tumanimiz miqyosida 42-74-75-umumiy o‘rta taʼlim aktablarida ko‘rsatgichlar sezilarli pasayganligi va taʼlimga eʼtibor ota-onalar hamda mahalla tomonidan sustlashganligi maʼlum bo‘ldi.
Pastdarg'om tumani hokimi Sh.Rahmonov tumanimizdagi taʼlim sohasi masʼullari, faollar, yuqorida keltirilgan maktablar jamoalari va ularda taʼlim oluvchi yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab, tumanda taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar eʼtirof etilib, bu borada eng yuqori natijalarni qayd etgan maktablar faoliyati va o‘quvchilar natijadorligi tahsinga loyiqligi taʼkidlandi.
Taʼlim sifatini oshirishda barcha birdek masʼulligi, xususan, maktab jamoasi qatori mahalla mutasaddilari, xalq faollari ayniqsa, ota-onalar eʼtiborini kuchaytirish lozimligi xususida so‘z yuritildi.
Biroq, baʼzi hududlarda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga loqaydlik bilan qaralayotgani eʼtirozga sabab bo‘ldi.
O‘quvchilar ota-onalari, faollar va nuroniylar maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda ishlashi, o‘z farzandi kelajagiga befarq bo‘lmasligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, taʼlim sifatini oshirish, davomat, o‘qituvchilar kasbiy mahorati va ilmiy darajasini yuksaltirish, milliy hamda xalqaro sertifikatlar olish, o‘quvchilarni iqtidor, imkoniyatiga qarab kasb-hunarga yo‘naltirish, oliy taʼlimga qamrov darajasini oshirish kabi bir qator muhim masalalar ilgari surilib, bu boradagi vazifalar belgilab olini.