HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MAQSADIDA...
Yurtboshimizning joriy yildagi 1-sonli qarorida belgilangan, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida "Xavfsiz yo‘laklar" tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan, Pastdarg‘om tumanida aholiga qulaylik yaratish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli dastur hamda hashar yo‘li orqali piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda.
Bu boradagi marralar joriy yil uchun ancha yuqori olingan bo‘lib, hozirga qadar 62 kilometr masofadagi piyodalar yo‘laklari qurib bitkazilgan.
Ayni kunlarda ham, Jaul Qosim mahallasida joylashgan serqatnov ko‘chalardan birida 2 kilometrdan ortiq masofaga "to‘siqsiz yo‘lak" tashkil qilinyapti.
Tuman hokimligi tashabbusi, aholi birdamligi va homiylar ko‘magida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar boshqa hududlarda ham davom etadi.




