HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MAQSADIDA
Tumanimizda harakat xavfsizligini taʼminlash, aholiga qulaylik yaratish va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida, tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari tomonidan yo‘l chiziqlari yangiladi.
Bunda ayniqsa, harakat qatnovi ko‘p bo‘lgan asosiy ko‘chalar va Juma shahri hududidagi yo‘llarga chizilgan chiziqlar hamda piyodalar o‘tish yo‘laklari tungi vaqtlarda ham ko‘rinadigan maxsus bo‘yoqlar bilan chizildi.
Yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etadi.