HAMJIHAT ELIMGA HASHAR YARASHAR
Xabaringiz bor, yurtboshimizning tegishli farmoniga ko‘ra mamlakatimizda “dolzarb bir oylik” safarbarligi eʼlon qilingan bo‘lib, Pastdarg‘om tumanida bu borada olib borilayotgan ishlar ayni kunlarda avj pallaga yetgan.
Jumladan, xonadonlarning ichki va tashqi qismlarida, qabristonlarda, tomorqalarda, ko‘chalarda, mahalla guzarlarida va boshqa hududlarda tashkil etilgan hashar ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilyapti, gulzorlar barpo etilyapti, ariqlar qazilib, betonlashtirilyapti, tomorqalar yumshatilib poliz ekinlari ekilyapti.
Bu kabi ishlar tumanimiz bo‘ylab barcha hududlarda davom etadi va bu bo‘yicha maʼlumot berib boramiz.
Barcha fuqarolardan bo‘lib o‘tayotgan xayrli ishlarga befarq bo‘lmagan holda, faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz!