GULGA BURKANGAN MAKTAB
Aytaylik biror yumush bilan Oshiq ota mahallasiga yo‘lingiz tushdi va shu asnoda, ushbu mahallada joylashgan 109-maktab yonidan o‘tishingizga to‘g‘ri keldi.
O‘z tashvishu hayollaringiz bilan maktab oldidan beparvo o‘tib ketar ekansiz, to‘satdan dimog‘ingiz xushbo‘y iforni his etdi.
Nogoh atrofga qaradingiz va ko‘zingiz maktab atrofida barq urayotgan, rang-barang gullar bilan burkangan chamanzorga tushdi.
Qay hayolda, ne o‘ylovda ketayotgan bo‘lsangiz ham, bu manzara sizning kayfiyatingizga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi, dilingizni yayratishi aniq.
Bugun, ushbu taʼlim dargohining hovlisi va yon-atrofida parvarishlanayotgan 15 turdan ortiq minglab gul ko‘chatlari atrofga o‘zgacha ko‘rk baxsh etmoqda.
Bu go‘zallik uchun mehnat qilib ter to‘kayotgan barcha masʼullarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!




