insurez
08-04-2025 18:39

GO‘ZALKENT YOSHLAR BOG‘IDA HASHAR


Kunlar isiy boshlashi bilanoq, madaniy hordiq chiqarishga mo‘ljallangan maskanlar odamlar bilan yanada gavjum bo‘ladi.

Shu munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida Go‘zalkent hududidagi Yoshlar bog‘ida keng ko‘lamli hashar ishlari boshlab yuborilgan.

Jumladan, bog‘ hududi to‘liq obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda. Daraxtlarga shakl berilib, begona o‘tlardan tozalanmoqda.

Yo‘laklar taʼmirlanyapti, gulzorlar barpo etilyapti, bog‘ni o‘rab turuvchi panjaralar ham to‘liq qayta bo‘yalyapti.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov ushbu olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -