G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI
Pastdarg‘om tumanida 2025-yil hosili uchun 304 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 17 936 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarishlangan bo‘lib, tumanning joriy yildagi jami boshoqli don sotish rejasi 53 ming 840 tonna etib belgilangan.
Shuningdek, ushbu mavsum uchun tumanimizda 33 ta kombaynlar g‘alla o‘rimiga shaylanish barobarida, xuddi shuncha otryadlar ham tashkil etilgan.
Bugun, g‘allasi o‘rimga tayyor bo‘lgan dalalarda bosqichma-bosqich g‘allani o‘rish maqsadida kombaynlar avtoparkdan dalalarga navbati bilan yuborilishi boshlandi.
Shundan keyin “Chandirobod” MMTP hududidagi "Yadgarova Muyassar" fermer xo‘jaligiga qarashli dala boshida jonliq so‘yilib, qurʼon tilovat qilindi. To‘planganlar g‘alla xirmoniga baraka tilab duoga qo‘l ochdilar.
Tuman hokimi otryad rahbari hamda aʼzolarining asosiy vazifalari haqida so‘z yuritib, qisqa muddatda belgilangan hosilni yig‘ib olish uchun bor kuch-imkoniyatlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.
So‘ng g‘alla o‘rimiga kirishildi.