Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini undirishni o‘ziga xos xususiyatlari
Fuqarolik ishi ko‘rilishi jarayonida daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan hollarda, to‘langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining yettinchi qismi).
Dastlab davlat boji to‘lanmasdan (kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, kamaytirish yoki ozod qilish hollarda) ish yuritishga qabul qilingan daʼvo ariza bo‘yicha keyinchalik daʼvoning bahosi kamaytirilgan hollarda, davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan ish yakuni bo‘yicha qaror qabul qilishda umumiy asoslarda hal qilinadi.
Fuqarolik ishlarini ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarga:
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;
joyga borib ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
Javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar;
sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar kiradi.
Boshqa sud xarajatlariga sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, amalda yo‘qotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun to‘lanadigan xarajatlar va hokazolar kiradi.
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarni to‘lash taraflar zimmasiga yuklatilganligi sababli, ishni sud muhokamasiga tayyorlashda yoki sud muhokamasi davomida taraflar tomonidan ushbu mablag‘larni sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritish choralarini ko‘rish lozim.
aliment undirish haqidagi barcha daʼvolardan (bola, ota-ona, er-xotin va boshqalar taʼminoti uchun) davlat boji bir yil uchun aliment to‘lovlarining jami summasidan, agar aliment undirilgan muddat bir yildan oshmasa, shu davr uchun aliment to‘lovlari jami summasidan hisoblab chiqiladi. To‘lovlar summasi javobgarning oxirgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kelib chiqib aniqlanadi. Javobgar ishlamagan taqdirda, davlat bojini hisoblash uchun to‘lovlar summasi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
aliment qarzini to‘lashdan ozod qilish, aliment miqdorini o‘zgartirish (kamaytirish yoki ko‘paytirish) haqidagi daʼvolar bo‘yicha davlat boji to‘lovlar kamaygan, ko‘paygan yoki bekor qilingan, ammo bir yildan ortiq bo‘lmagan davr uchun belgilangan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi va daʼvogardan undiriladi.
Bugungi kunda fuqarolarimizning xuquqiy ongi yuqlri saviyada shakillanib bormoqda va ular tomonidan o‘z xukuklarini ximoya kilib sudlarga murojaat qilishi ko‘paymoqda. Yuqoridagi tushuntirishlar fuqarolarimizning sudlarga murojaat qilishdagi xuquqiy bilimlarini va sudga bulgan ishonchini mustaxkamlaydi.
Albatta davlat bojdi majburiy to‘lov bulib Davlat byudjetini shakillantirishning tarkibiy kismi xisoblanadi, shu bois davlat boji to‘g‘risidagi qonun talablariga so‘zsiz amal kilish lozimdir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi
J.Fayzullayev