insurez
24-07-2025 17:30

FUQAROLAR VA YOSHLAR UCHUN SAYYOR QABUL


Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Sanchiqul mahallasidagi 123-maktab binosida o‘tkazilayotgan navbatdagi fuqarolar va yoshlar uchun sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Hozirga qadar 50 dan ortiq fuqarolar tomonidan kadastr, suv, kredit, soliq kabi turli murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.

Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.

998950271071

Teglar
- -