insurez
28-05-2025 17:53

FIDOKORONA XIZMAT NAMUNASI


Tumanimizning Eski Juma mahallasida favqulodda holat yuzaga kelganligi xususida tuman FVBga murojaat kelib tushdi.

Unda, ushbu hududda joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birining kirish-chiqish eshigi nosozlik sabab qulflanib qolgani va 1,5 yoshli bolakay xonadonda yolg‘iz qolib ketgani maʼlum qilindi.

Olingan murojaatga zudlik bilan javob bergan FVB xodimlari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, bolakayni yuqoridan deraza orqali qutqarish choralarini ko‘rishdi.

Barcha xavfsizlik choralariga amal qilgan holda maxsus narvon yordamida xonaga kirgan tuman FVB 18-KYQQ smena boshlig‘i Muxiddinov Shaxruz hamda qutqaruvchi yong‘in o‘chiruvchi Azizov G‘olib bolakayni sog‘-salomat holda onasiga qaytarishdi.

O‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etayotgan FVB xodimlari xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida doimo shay holatda ekanliklarini yana bir bor namoyon etishdi.

Teglar
- -