FAZILATLI OYNI RISOLADAGIDEK O‘TKAZAYLIK
Keyingi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini taʼminlash, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini o‘zida mujassam etadigan qadriyat va anʼanalarni bezavol saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ulkan ishlar olib borilmoqda.
Yurtboshimizning 2025-yil 27-fevraldagi "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorida, Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida o‘tkazish belgilandi.
Shunga ko‘ra, xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muborak oyni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Pastdarg‘om tumanida barcha masʼullardan iborat saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Unda, tuman hokimi Sh.Rahmonov va sektor rahbarlari tomonidan masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, elektr, gaz uskunalarining texnika xavfsizligi qoidalariga mos bo‘lishi, namozxonlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ularning xavfsizligini taʼminlash, namoz o‘qish joylarining tozaligi, jihozlanishi, sanitariya talablariga mosligi kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Bu bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq vazifalar belgilandi.