insurez
11-03-2026 13:44

FAZILATLI KUNLARDA KAM TAʼMINLANGAN OILALAR YO‘QLANDI


Yurtimizda muborak Ramazon oyi munosabati bilan fuqarolarga qulaylik yaratish, aholi kayfiyatini yana-da yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hurmatli Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari bilan mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tarkib topgan "Ramazon tuhfalari" yetkazilyapti.

Xususan, Pastdarg‘om tumaniga ham, xuddi shunday tuhfalarning 1 200 donasi olib kelindi.

Shuningdek, ushbu oziq-ovqat mahsulotlari tumandagi sharoiti og‘ir, kam taʼminlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga tarqatildi.

Fazilatli kunlarda tuhfalarni qabul qilgan tumandoshlarimiz, yurtga tinchlik, elga omonlik tilab duoga qo‘l ochishdi.

Teglar
- -