FAXRIY USTOZ EHTIROM ILA KUZATILDI
Kamoljon To‘rayev 1965-yilda Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan.
Oliygohni tamomlagach, turli sohalarda iqtisodchi sifatida faoliyat olib borgan.
1992-yildan boshlab o‘zi tug‘ilib o‘sgan tumanida soliq sohasida mehnat qilishga kirishdi.
Qariyb 33 yil bir sohada faoliyat olib bordi. Ko‘plab shogirdlar yetishtirdi, o‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etib, tumanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shib keldi.
Bugun esa faxriy ustozni, ko‘plab shogirdlari va hamkasblari tantanali tarzda to‘n kiydirib, sovg‘alar bilan nafaqaga kuzatishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar unga ezgu tilaklar bildirib, jonkuyar va o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan inson bilan bir jamoada ishlaganidan faxrlanishlarini bildirshdi.
K.To‘rayev ham barchaga minnatdorchilik bildirib, nafaqada bo‘lsada, yurt ravnaqi hamda xalq farovonligi yo‘lida o‘z bilim va ko‘nikmalarini hamkasblaridan ayamasligini bildirdi.
Ha azizlar! O‘z kasbidan hurmat va eʼzoz topish, faxriy ustoz bo‘lib shogirdlar ardog‘ida yurish hamda yuksak ehtirom ila nafaqaga chiqish barcha kasb-soha egalariga nasib qilsin!