FAVQULODDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY O‘QUV-MASHQI O‘TKAZILDI
Go‘zalkent mahallasida, ko‘p qavatli uylarda shartli ravishda yuzaga kelgan avariya va texnogen holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks o‘quv-mashqi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — barcha xizmatlarning tezkor harakati, zaxira kuch va vositalarning yetarliligi, xodimlarning amaliy tayyorgarligi hamda o‘zaro hamkorlikdagi ish jarayonini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashqi davomida dispetcherlik xizmatiga kuchli shovqin (shartli portlash), elektr tarmog‘ining o‘chishi, gaz hidi kelayotgani va suv bosimining keskin pasayishi haqida xabar kelib tushdi.
Shundan so‘ng FVB, elektr, gaz va suv taʼminoti masʼullari hamda tibbiyot brigadasi shaylikda avariya joyiga yetib bordi.
O‘quv-mashq yakunida barcha xizmatlarning tezkor harakati, zaxira kuch va vositalar bilan taʼminlanganligi, amaliy ko‘nikmalari va o‘zaro hamkorlik darajasi yaxshi deb baholandi. Bunday mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlar oldini olish va oqibatlarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega.




