FAVQULODDA HOLATLARGA TAYYORGARLIK - MUHIM KAFOLAT
Pastdarg‘om tumani, Juma shaharchasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shahobchasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holat — yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishda barcha tegishli tashkilotlar masʼullari o‘ziga biriktirilgan vazifalarni aniq va muvofiqlashtirilgan tarzda ado etdilar.
Bu kabi, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi barcha xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, harakatlarni muvofiqlashtirish va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.