E'TIROF!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan (https://t.me/shmirziyoyev/31344) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi.
Jumladan, mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik, barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli hamda muqaddas burchini bajarishda mardlik, jasorat ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun:
Pastdarg‘om tumani IIB profilaktika katta inspektori Sultonov Asliddin Muxtarovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Asliddin Sultonovnini ushbu eʼtirof bilan tuman hokimligi va butun jamoatchilik muborakbod etadi!




