insurez
27-03-2025 12:19

EʼTIROF!


Viloyat hokimligi katta majlislar zalida mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha fidoyilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va ushbu kun munosabati bilan bir guruh soha fidoyilariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari hamda viloyat hokimining tashakkurnomalarini topshirdi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Pastdarg‘om tumanidagi Zangiboyi va Samarqand mahallalari raislari hamda Qo‘qoni mahallasining hokim yordamchisi ham ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Biz tumandoshlarimizni yuksak eʼtirof bilan qutlab, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan hissalari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Teglar
- -