insurez
02-03-2026 17:03

ESABOY MFYDA NIMA GAPLAR?


Tumanimizdagi "og‘ir toifaga" kiritilgan Esaboy mahallasi infratuzilmasi va aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash maqsadida, ushbu hududda 6 kilometr ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, 7 kilometr SIP Kabel tarmog‘ini tortish, 3 dona transformator o‘rnatish, 2 dona suv inshooti bunyod etish, 3 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish, 2 kilometr ichki ariqlarni betonlashtirish, 250 dona beton ustunlar va 100 dona tungi yoritgichlar o‘rnatish kabi yana bir qator ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Tuman hokimi J.Pardayev birinchi o‘rinbosari, prokuror va IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, "mahalla yettiligi", faollar, ko‘chaboshilar hamda nuroniylar ishtirokida uchrashuv o'tkazilib, mazkur mahallani obod qilish borasidagi vazifalar hamda bu borada aholi tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Shuningdek, aholi tomonidan ilgari surilgan masala va takliflar yuzasidan vazifalar belgilanib, xususan, fuqarolarning tomorqa uchun suv keltirish borasidagi muammolari joyida o‘rganildi hamda uning yechimlari yuzasidan tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -