ERTANGI HOSIL UCHUN BUGUNDAN HARAKAT QIL!
Pastdarg‘om tumanida joriy yil hosili uchun 17 936 gektar maydonda g‘alla parvarishlanayotgan bo‘lsa, 13 600 gektar maydonga paxta ekish reja qilingan.
Bundan tashqari 3514 gektar ekin maydonlari tumanimiz yoshlari dehqonchilik qilib foydalanishlari uchun ajratilgan.
Tuman hokimi tuman prokurori, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari va qishloq xo‘jaligi masʼullari hamrohligida Mevali, J.Yusupov, Qayirmasoy, B.Ko‘makov, Mashʼal, N.Nortoyev, Chimboyobod, Kichik Chimboy kabi 1-sektor hududidagi barcha MMTPlari hududidagi fermer xo‘jaliklari raislari bilan joylarda muhokamalar o‘tkazdi.
Jumladan, texnikalarni mavsumga shaylash, dala cheti madaniyati, ekin maydonlarini shudgorlash, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish, ko‘chat ekish va hududlarni obodonlashtirish ishlari bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan har bir fermer xo‘jaligi kesimida muhokama qilindi.
Muhokama davomida aksariyat fermer xo‘jaliklarida ishlar sifatli bajarilmagan bo‘lsa, ayrim fermer xo‘jaliklarida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Hozirda, dalalarda ishlar aniq va tizimli boshlab yuborilgan.