ERONNING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI BILAN UCHRASHILDI
Joriy yilning aprel-may oylarida tumanimiz delegatsiyasi Eron davlatida rasmiy tashrif bilan bo‘lib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha 11 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida dastlabki kelishuvlarga erishgan edi.
Bugungi kunda, motor moyi, pishiriq uskunalari va oziq-ovqat uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha eronlik tadbirkorlarning kelishi kutilmoqda.
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy janoblarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Pastdarg‘om tumani hokimi bilan rasmiy uchrashuv ham o‘tkazildi.
Uchrashuvda avvalgi tashrif davomida erishilgan natijalar muhokama qilinish barobarida, Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi bo‘sh turgan obyektlarga eronlik investorlarni jalb qilish xususida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, kelgusida qo‘shma ko‘rgazmalar va biznes muloqotlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.