insurez
04-09-2025 14:17

ERONGA QILINGAN TASHRIF NATIJA BERMOQDA


Pastdarg‘om tumani tadbirkorlik faoliyati uchun har tomonlama qulay hududda joylashgani bois, kun sayin xorijiy investorlarning soni ham ortib bormoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov Eronning Texron viloyatidan tashrif buyurgan "Atin Group Companies" kompaniyasi taʼsischisi Osiyo Sayid boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, Kimyogarlar qo‘rg‘onida bosqichma-bosqich qiymati 300 million dollarlik 5 ta loyiha yuzasidan muhokama olib borildi.

Bunda:

  "Transformator va uning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish" loyihasi;

"Elektrod ishlab chiqarish" loyihasi;

"Shisha va mahsulotlari ishlab chiqarish" loyihasi;

"Salqin ichimliklar ishlab chiqarish" loyihasi yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuv so‘ngida, taklif etilayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qonun bilan kafolatlangan kommunikatsiya va boshqa sharoitlar haqida suhbatlashilgach, tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlash haqida kelishib olindi.

Teglar
- -