insurez
13-02-2025 12:49

ENERGIYA TEJAMKORLIGI - DAVR TALABI


Jomboy tumanidagi “Sof expo Samarqand” ko‘rgazmalar majmuasida energiya tejamkorligini taʼminlash mavzusida ko‘rgazmali va amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlar mutasaddilari qatori, Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari, tashkilot-korxonalar masʼullari hamda mahalla raislari ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, 50 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan energiya sohasiga oid zamonaviy va tejamkor jihozlar hamda "Yashil energiya" ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Shu kabi tadbirda elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga faol joriy qilishga oid taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari tumanimiz vakillari ko‘rgazmalarda namoyish etilgan tejamkor texnologiyalar, ularni o‘rnatish, ulardan foydalanish, ularning afzalliklari bilan tanishib, ushbu xususidagi maʼlumotlarni pastdarg‘omliklarga kengroq ulashish hamda ulardan foydalanishni tuman aholisi o‘rtasida yana-da ko‘proq targ‘ib qilishni maqsad qilishdi.

Teglar
- -