insurez
14-01-2026 13:00

ENERGIYA TEJAMKORLIGI - BARQAROR KELAJAK GAROVI


Energiya resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish har bir fuqaroning muhim burchiga aylanib bormoqda.

Pastdarg‘om tumanida elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida foydalanilmayotgan elektr jihozlarini o‘chirib qo‘yish, energiya tejovchi lampalardan foydalanish, maishiy texnikalarni samaradorlik darajasiga eʼtibor bergan holda tanlash orqali katta natijalarga erishish mumkinligi masʼullar tomonidan aholiga tushuntirilib o‘tildi.

Shuningdek, har birimiz energiya resurslaridan oqilona foydalanishga odatlanishimiz, tejamkorlik madaniyatini oilamizdan boshlab jamiyatda keng targ‘ib etishimiz zarurligi taʼkidlandi.

Albatta, energiya tejamkorligi bugun qilingan kichik qadam bo‘lsada, kelajak uchun katta foyda keltirishi shubhasiz.

Teglar
- -