ENDI PASTDARG‘OMDA KICHIK YUK MASHINALARI VA MIKROAVTOBUSLAR YIG'ILADI
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar natijasi o‘laroq, kun sayin salohiyatli tadbirkorlar soni ortib bormoqda.
Jumladan, Balxiyon mahallasida qiymati 5 million dollar (shundan 2 million dollari xorijiy investitsiya) bo‘lgan, “Foton” brendi ostida pikap, yuk mashinalari hamda mikroavtobus yig‘ishga mo‘ljallangan yana bir yirik loyiha tashkil etilmoqda.
"ULUG‘BEK ICHTB" MCHJ va "SAMIST AUTO" MCHJ (Xitoy qo'shma korxonasi) hamkorligida tashkil etilayotgan korxona kelgusi yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlab 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokim Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar hamrohligida mazkur loyiha bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish barobarida, tadbirkorning muammo va takliflarini o‘rganib, mutasaddilarga bu borada ko‘rsatmalar berdi.




