ENDI HAR BIR FAOL O‘Z QISHLOG‘INI OBOD QILADI
Tuman hokimi tomonidan sektorlar va tashkilotlar rahbarlari, 107 ta mahalla “yettiligi” aʼzolari, hududlar faollari hamda o’zi tug’ilib o’sgan mahallasida ishtirok etgan raxbarlar bilan zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada aholi murojaatlari bilan ishlash, kommunal to‘lovlar, hududlarni obodonlashtirish, asosiy va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, qabristonlarda navbati bilan hasharlar tashkil qilish, ichki suv yo‘llarini qazish, betonlashtirish, trotuarlar tashkil etish kabi bir qator masalalar ilgari surildi.
Shuningdek, faollar tashabbusi bilan har bir mutasaddi avvalo o’z qishlog’ini obod etishda ko’maklashishi, bunda, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekilishini tashkil etish, tomorqa madaniyati va undan unumli foydalanish, qishloqlar ichki ko’chalarini obodonlashtirib borishi, hasharlar va boshqa masalalarni ham uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, kelgusi rejalar bo‘yicha muddatlar belgilandi.
Shu qatorda, aholi murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar tahlili va shu kabi boshqa bir qator muhim vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.