DZYUDO BO‘YICHA OSIYO KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 22–25-may kunlari Toshkent shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli turnirda butun Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada, bir qator yurtdoshlarimiz ham ishtirok etib, nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi bo‘lgan Pastdarg‘om tumanidagi Kichik Nayman mahallasida yashovchi Javohir Sadinov +90 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Biz tumandoshimizni yuksak natija bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!